AsosiyJinoyat

Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida o`qishga kiritib qo`yish va o`qishni ko`chirib berish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi

'Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida o`qishga kiritib qo`yish va o`qishni ko`chirib berish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

 Unda, fuqaro F.S. boshqa bir fuqaro F.ni go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga firibgarlik yo`li bilan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda Shirin shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.M. boshqa bir fuqaro S.ni qo`shni Qozog`iston Respublikasidagi universitetda o`qiganligi to`g`risida hujjat tayyorlab, Guliston davlat universitetiga o`qishini ko`chirib berishi evaziga 1 500 AQSh dollari talab qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXXning Bekobod shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro I.X. tanishlari yordamida boshqa bir fuqaro J.ning o`qishini qo`shni Tojikiston Respublikasidagi institutdan Toshkent moliya institutiga o`tkazib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar