Bugun, 2 avgust kuni Toshkentning “Lokomotiv” klubi stadionining matbuot anjumanlari zalida jamoa tarkibiga kelib qo`shilgan ikki nafar yangi futbolchi – Artur Gevorkyan hamda Slaven Stepanovichni ommaga tanishtiruv marosimi bo`lib o`tdi.
Tadbirda “Lokomotiv” futbol klubi Bosh direktori o`rinbosari To`labek Akramov, klub sport direktori Ravshan Muqimov hamda bosh murabbiy Andrey Miklyaev ishtirok etishdi.
Shundan so`ng “Lokomotiv” klubiga davralar oralig`ida kelib qo`shilgan yangi futbolchilarga klub futbolkalari topshirildi. Har ikki futbolchiga To`labek Akramov futbolkalarni taqdim etdi. Demak, Artur Gevorkyan 71-raqamda, Slaven Stepanovich esa 9-raqamda harakat qiladigan bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, “temiryo`lchilar” O`zbekiston chempionatining ikkinchi davrasini ertaga, 3 avgust kuni “Navbahor”ga qarshi o`yin bilan boshlaydi.





