AsosiyDunyo

O`zbekiston Moskvada o`tkazilayotgan “Puteshestvuy!” Xalqaro turistik forumida faol ishtirok etmoqda

'O`zbekiston Moskvada o`tkazilayotgan  “Puteshestvuy!” Xalqaro turistik forumida faol ishtirok etmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 4–7-avgust kunlari Moskva shahrida VDNX Sanoat maydonida O`zbekiston hamkor mamlakat sifatida ishtirok etayotgan “Puteshestvuy!” Xalqaro sayyohlik forumi bo`lib o`tmoqda.

Forumda Rossiya turizm federal agentligi (Rosturizm) rahbar o`rinbosari Elena Lisenkova, O`zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov, O`zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi "milliy PR markazi" Davlat unitar korxonasi direktori Dilfuza Samandarovalar ham ishtirok etmoqda.  

“Bu pavilonni ko`rib, xuddi O`zbekistonga sayohat qilgandek bo`ldim. O`ziga xos an`analaringiz, manzaralaringiz bilan Forumga o`zgacha muhit bag`ishlaganingizdan mamnunmiz, – dedi Elena Lisenkova. – O`zbekiston turizm sohasida yuqori salohiyatga ega davlatlardan hisoblanadi. Biz turizmning har bir yo`nalishi bo`yicha hamkorlik qilishga oid rejalar tuzganmiz. Mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlik aloqalari uzoq va samarali bo`lishiga ishonamiz. Bugungi forum ham buning yaqqol tasdig`idir”.

Forumning asosiy tashkilotchisi – “Roskongress” direktori o`rinbosari Vladimir Zatinayko ushbu forumdagi ishtirok va hamkorlik uchun O`zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbir doirasida o`zbek palovi tarqatildi. Shu bilan birga, milliy hunarmandchilik mahsulotlari ham namoyish qilindi. Bu esa mahalliy aholining katta qiziqishiga sabab bo`ldi.

O`zbekiston delegasiyasi tomonidan hunarmandlarning ishlari, O`zbekiston milliy taomlari, turizmning har xil turlari bo`yicha ma`lumotlar taqdim etiladi, shuningdek, O`zbekistonda ishlab chiqarilgan vinolarni tatib ko`rish va hunarmandchilik buyumlarini tayyorlash bo`yicha mahorat darslari tashkil etiladi.

Tadbirda zamonaviy turizm sanoatining ko`plab turlari, aynan tarixiy, etnografik, ekstremal, sport, gastronomik, ziyorat sayohatlari va O`zbekistonda bugungi kunda nafaqat arzon va qulay bo`gan, balki juda ommalashgan boshqa ko`plab sayohat turlari namoyish qilinadi.  

Qayd etish kerakki, O`zbekiston xalq amaliy san`atining qadimiy an`analarini asrlar davomida saqlab kelayotgan hunarmandlar o`lkasidir. Ipak matolari, zardo`zlik, sopol buyumlar, idish-tovoqlar – bu mamlakatdagi shoping (xarid qilish) har qanday mehmon uchun unutilmas tajriba bo`ladi.  Forumda nafaqat O`zbekiston moddiy merosining eng sara namunalarini shaxsan kuzatish mumkin bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar