Turkiya OAVlari ayni paytda Erdo`g`on Putin bilan muzokara o`tkazish uchun Sochiga uchib ketganligi xaqidagi xabarlarni tarqatdi.
INTERFAX.RUning ma`lum qilishicha, ikki davlat rahbarilari o`rtasidagi muzokaralar kun tartibida mintaqaviy muammolar – Ukraina va Suriya atrofidagi vaziyat, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik mavzusi, jumladan, energetika loyihalari, harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalari bo`ladi.
“Muzokaralar ikki tomonlama hamkorlik masalalariga bag`ishlanadi – bu birinchi navbatda iqtisodiyot, mintaqaviy muammolar muhokamasi – bu Suriya, va Ukraina”, - degan Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga.
Uning qo`shimcha qilishicha, ikki prezidentning uchrashuvi Ukraina portlaridan g`alla eksport qilish mexanizmi samaradorligi bo`yicha “soatlarni sinxronlashtirish” uchun yaxshi imkoniyat bo`ladi.
Uning so`zlariga ko`ra, “Odessadan g`alla bilan birinchi reys qanday o`tgani haqida fikr almashiladi”.
Eslatib o`tamiz, 22 iyul kuni Istanbulda Qora dengizda Ukraina donini eksport qilish uchun yo`lak yaratish bo`yicha hujjatlar imzolandi. Shu bilan birga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti AQSh va Evropa Ittifoqi bilan Rossiya donini chet elga eksport qilishni cheklash bilan bog`liq muammolarni hal qilish majburiyatini oldi.
Bundan tashqari, Kreml Putin va Erdo`g`on ikki tomonlama harbiy-texnik hamkorlik mavzusini ko`tarishini istisno etmadi. Rossiya Federasiyasi prezidenti matbuot kotibining aytishicha, Putin va Erdo`g`on o`rtasidagi so`nggi uchrashuvlarda harbiy-texnik hamkorlik mavzusi ko`rib chiqilgan.
"Qoidaga ko`ra, deyarli har bir uchrashuvda turli jihatlar (harbiy-texnik hamkorlik) muhokama qilinadi. Shuning uchun ham Sochida harbiy-texnik hamkorlik mavzusi albatta muhokama qilinadi", - dedi Kreml matbuot kotibi.
Kreml, shuningdek, Rossiya Federasiyasi va Turkiya prezidentlari o`rtasidagi uchrashuv kun tartibiga so`nggi kunlarda avj olgan Qorabog` mojarosi mavzusi ham kiritilishini kutmoqda. “Prezidentlar bu keskinlashuv munosabati bilan fikr almashishlarini inkor etib bo`lmaydi”, — dedi Peskov.
Rossiya va Turkiya prezidentlarining so`nggi uchrashuvidan buyon yarim oydan kam vaqt o`tdi. 19 iyul kuni ikkalasi ham Suriya bo`yicha “Ostona uchligi” sammitida ishtirok etib, uning doirasida ikki tomonlama uchrashuv ham o`tkazishgan edi.