Kecha Evropa chempionlar ligasi turniriga saralashning uchinchi bosqichi doirasida javob o`yinlari bo`lib o`tdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Mazkur uchrashuvlardan birida Kiprning APOEL jamoasi Norvegiyaning “Rusenborg” klubiga qarshi bahs olib bordi. Jamoalar o`rtasidagi ilk o`yinda norvegiyaliklar 2:1 hisobida g`alaba qozongandi. Bugungi o`yinning 90 daqiqasi esa 0:0 hisobida yakun topdi.
Ammo eng qizig`i hali oldinda edi. Hakam tomonidan qo`shib berilgan daqiqalarda APOEL o`zida g`ayrioddiy kuch topib, birin-ketin gollar kirita boshladi. Gollar 92, 96 va 99 daqiqalarda kiritildi.
Aynan mana shu iroda va matonat evaziga APOEL Evropa chempionlar ligasining keyingi bosqichiga yo`l oldi. Quyida mana shu sensasion o`yinda kiritilgan gollarni tomosha qiling.