AsosiyDunyo

O`zbekiston va Qozog`iston chegara masalasida muhim kelishuvga erishdi

'O`zbekiston va Qozog`iston chegara masalasida muhim kelishuvga erishdi'ning rasmi

O`zbekiston va Qozog`iston ikki davlat chegarasi demarkasiyasi bo`yicha shartnoma loyihasi matnini ma`qulladi. Bu haqda Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligi ma`lum qildi.  

Qayd etilishicha, joriy yilning 25 iyulidan 5 avgustiga qadar Olma-Ota shahrida Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalari hukumat delegasiyalarining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tgan.

Muzokaralar davomida tomonlar Qozog`iston va O`zbekiston o`rtasidagi davlat chegarasi demarkasiyasi to`g`risidagi shartnoma matnini hamda chegara demarkasiyasi yakuniy hujjatlari loyihasi paketini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishgan.

Ushbu masala yuzasidan navbatdagi uchrashuv Toshkentda bo`lib o`tishi belgilangan. Uning muddati diplomatik kanallar orqali aniqlashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar