1

Izboskanda fuqarolarning o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar qo`lga olindi

Jinoyat 06.08.2022, 17:29
Izboskanda fuqarolarning o`qishini ko`chirib berishni va`da qilgan firibgar qo`lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Izboskan tumani bo`limlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro G.E. boshqa fuqarolar M. va T.ning qo`shni Qirg`iziston Respublikasi Oliy ta`lim muassasasidagi o`qishlarini tanishlari yordamida Toshkent menejment va iqtisodiyot professional profil institutiga ko`chirib berishni 3 600 AQSh dollariga kelishib, oldindan 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1