1

Safina Sadullaeva “Brilliant liga”da g`alaba qozongan birinchi o`zbekistonlik atletga aylandi

Sport 07.08.2022, 09:14
Safina Sadullaeva “Brilliant liga”da g`alaba qozongan birinchi o`zbekistonlik atletga aylandi

Kecha, 6 avgust kuni engil atletika bo`yicha Polshada “Brilliant liga” musobaqasi bo`lib o`tdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi. 

Engil atletikaning balandlikka sakrash yo`nalishi bo`yicha jahonning eng kuchli sportchilaridan biri bo`lgan hamyurtimiz Safina Sadullaeva “Brilliant liga” musobaqasida oltin medalni qo`lga kiritdi.

Shu tariqa, Safina jahon chempionatidan keyingi nufuzli o`rinda turuvchi musobaqada g`alaba qozongan birinchi o`zbekistonlik atletga aylandi.

1. Safina Sadullaeva (O`zbekiston) – 1.92

2. Yaroslava Maguchix (Ukraina) – 1.92

3. Katerina Tabachnik (Ukraina) – 1.88.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1