Qozog`istonlik general-mayor tergov izolyatorida o`lik holda topildi

Dunyo 07.08.2022, 12:39
Qozog`istonlik general-mayor tergov izolyatorida o`lik holda topildi

Olmaotada korrupsiyada gumonlanib hibsga olingan general-mayor Jaylaubek Xaliquli tergov izolyatorida o`lik holda topilgan.

 Olmaota va Oqmo`la viloyatlari polisiya boshqarmasining hibsga olingan sobiq boshlig`ining jasadi ertalab qorovul tomonidan topildi, deb yozadi Kapital.kz.

“Qamoqqa olingan Xoliquli J.ni qorovul ertalab soat 7 larda topdi. Muassasa navbatchisi zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko`rsatdi. Ko`rilgan choralarga qaramay, sudlanuvchini qutqarib qolishning imkoni bo`lmadi. Voqea joyiga etib kelgan tez tibbiy yordam brigadasi mexanik asfiksiya natijasida halok bo`lganini ma`lum qildi”, — deya xabar berdi Qozog`iston Respublikasi IIV  matbuot xizmati.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi, prokuratura vakillari va viloyat IIB rahbariyati etib kelgan. Boshqa mahbuslar bilan suhbat o`tkazildi. Tekshiruv natijasida unga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgani aniqlanmadi. “Hududiy boshqarma xodimlari tomonidan ichki audit tayinlangan bo`lib, uning natijalariga ko`ra amaldagi qonunchilikka muvofiq chora-tadbirlar ko`riladi”, — deya qo`shimcha qilgan matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1