1

"Tolibon" O`zbekiston va Tojikistondan yana avvalgi ma`muriyat vertolyotlarini talab qilmoqda

Dunyo 08.08.2022, 22:11
"Tolibon" O`zbekiston va Tojikistondan yana avvalgi ma`muriyat vertolyotlarini talab qilmoqda

Tolibon Mudofaa vazirligi Tojikiston va O`zbekistondan respublika qulashi ortidan olingan avvalgi ma`muriyatning vertolyotlarini qaytarishni yana bir bor so`radi.

Mudofaa vazirligi matbuot kotibining ta`kidlashicha, Kobul yaqin kelajakda o`z vertolyotlarini olib ketadi.

"Vertolyotlar afg`on xalqining mulki. Ularni amaldagi hukumatga, Mudofaa vazirligiga qaytarish kerak. Albatta, ularning o`z fikrlari bor, lekin haqiqat Afg`oniston xalqi bilan bog`liq. Vertolyotlar O`zbekiston va Tojikistonda bo`lsa, qachon bo`lsada, kun kelib olib qo`yiladi”, — dedi u.

Ayni paytda, ayrim tahlilchilar amaldagi hukumat xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmaguncha bu vertolyotlarni olishning imkoni yo`qligini aytishgan.

"Mamlakatdan olib ketilgan vertolyotlarga keladigan bo`lsak, bu erda bir qator muammolar bor. Birinchidan, bu vertolyotlarning hujjatlari Afg`oniston bilan bog`liqligiga ishonchim komil emas. Ikkinchi muammo Tolibon hukumati muammosi. Bu hech bir davlat tomonidan tan olinmagan”, deydi Kohdamaniy, Tojikistondagi sobiq afg`on diplomati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1