1

Trampning uyi tintuv qilindi

Dunyo 09.08.2022, 20:16
Trampning uyi tintuv qilindi

Sobiq etakchi uni hech kim ogohlantirmaganini aytmoqda.

Donald Tramp dushanba kuni AQShning Federal qidiruv byurosi xodimlari uning Mar-a-Lagodagi mulkiga reyd uyushtirib, seyfini buzib ochishganini ma`lum qilgan, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.

Ma`lumotga ko`ra, tintuvdan maqsad “Kapitoliyga bostirib kirish” bilan bog`liq hujjatlarni topish edi.

Agentlar Tramp Oq uydan Mar-a-Lagoga olib ketgani aytilgan 15 quti maxfiy hujjatlarni qidirayotgan edi.

FQB xabariga ko`ra, Tramp nafaqat ayblarini fosh qiluvchi bir qancha hujjatlarni to`plagan, balki ularni bir yarim yil davomida uyida saqlab kelgan.

AQSh Adliya vazirligi tintuv haqida izoh berishdan bosh tortgan.

Sobiq prezidentning voyaga etgan farzandlaridan biri Erik Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Tramp Oq uydan o`zi bilan olib kelgan hujjatlar qutilarini tintuv qilish haqida gapirib otasi bu borada Milliy arxiv bilan bir necha oydan beri hamkorlik qilib kelayotganini aytgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1