1

Rossiyaga rekord miqdorda mehnat muhojirlari keldi

Dunyo 10.08.2022, 07:45
Rossiyaga rekord miqdorda mehnat muhojirlari keldi

Rossiyaga 2022 yilning ikkinchi choragida oxirgi 6 yil ichidagi rekord miqdorda mehnat migrantlari keldi.

Qayd etilishicha, 2022 yilning aprel oyidan iyun oyigacha Rossiyaga ishlash uchun 3,12 million xorijlik kelgan, ular tashrif maqsadi sifatida mehnatni ko`rsatgan.

Yilning ikkinchi choragida Rossiyaga jami 4,16 million muhojir kelgan. Shu bilan birga, 2021 yilning shu davrida Rossiya chegarasini 2,34 million mehnat muhojiri kesib o`tgan.

«Bunga, birinchi navbatda, rublning kutilmagan darajada kuchli mustahkamlanishi ta`sir qildi, buning natijasida Rossiya mehnat bozori chet elliklar uchun yanada jozibador bo`ldi, chunki ularning xorijiy valyutadagi daromadlari oshdi», — dedi Fin Expertiza prezidenti Elena Trubnikova.

Mehnat muhojirlarining yarmi (1,54 million yoki 49,6 foiz) O`zbekiston fuqarolari bo`lgan. Taxminan uchdan bir qismi Tojikistonga (52 ming kishi yoki 30,5 foiz) to`g`ri kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1