Jizzaxda ayol ikki nafar farzandining ko`z o`ngida kaltaklanib, zo`rlandi

Jinoyat 10.08.2022, 09:41
Jizzaxda ayol ikki nafar farzandining ko`z o`ngida kaltaklanib, zo`rlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tumanida ayol farzandlari ko`z o`ngida kaltaklanib, zo`rlangani haqida xabar tarqalgan. Viloyat IIB holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, Zomin tumani “Peshag`or” QFYda yashovchi uy bekasi, 2 nafar farzandning onasi B.Z. tuman IIBga murojaat qilib, 2022 yilning 24 iyul kuni soat 02:45 larda o`zining yashash uyiga tumanning “Yoshlik” mahallasida istiqomat qiluvchi D.A. hamda uning mahalladoshi A.A. yotoqxona derazasi orqali kirib, uni qo`rqitib, yuzlariga bir necha marotaba urishgani, majburlab, zo`rlab nomusiga tekkanligi sababli qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Holat yuzasidan Zomin tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan D.A. va A.A.larga nisbatan JKning 118- moddasi 2- qismi “v, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1