AsosiyDunyo
7755

Britaniyalik ayol 30 yil deganda birinchi marta dush qabul qildi

Buyuk Britaniyaning Liverpul shahrida yashovchi ayol 30 yil deganda birinchi marta dush qabul qildi, deb yozadi “Lenta.ru”. 

Ayol suvdan qo`rqishini gipnoz yordamida engdi.

Donna Makmoxan ismli ayol 5 yosh paytidan suvdan qo`rqa boshlagan. U shundan beri suvdan qo`rqar edi.

Britaniyalik ayol dush qabul qilish, plyaj va basseynlarga borishdan bosh tortib kelayotgan edi.

30 yil mobaynida u tanasining alohida a`zolarini tozalash uchun bir necha soat vaqt sarflar edi.

35 yoshli ayol suvga bo`lgan qo`rquvini gipnoz bo`icha mutaxasis Robert Xaysi yordamida engdi.

“Vanihoyat men ham hamma qatori dush qabul qila olaman”,—deydi ikki farzandning onasi.

Boshqa yangiliklar