1

Saudiya Arabistoni diplomati Misrda nutq so`zlayotganda vafot etdi(video)

Dunyo 10.08.2022, 16:39
Saudiya Arabistoni diplomati Misrda nutq so`zlayotganda vafot etdi(video)

Saudiya Arabistoni diplomati Muhammad al-Qahtoniy Misrdagi arab-afrika konferensiyasi chog`ida sammit ishtirokchilari oldida nutq so`zlayotgan vaqtda vafot etgan.

Ta`kidlanishicha, Al-Qahtaniy kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash muhokamasida ishtirok etgan. Diplomat hushini yo`qotishdan oldin Saudiya Arabistoni va Misrning o`zaro munosabati haqida gapirayotgan bo`lgan.

Shundan so`ng darhol al-Qahtoniy hushini yo`qotib, o`zi gapirayotgan minbar yoniga yiqiladi. Shifokorlar va diplomatning rafiqasi Oysha al-Jabriy darhol uning oldiga yugurib kelishgan bo`lsalarda, najot bo`la olishmagan.

Hozirda o`lim sababi ma`lum emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1