"Twitter" Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy akkauntini yopib qo`ydi

Dunyo 10.08.2022, 18:45
"Twitter" Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy akkauntini yopib qo`ydi

"Twitter" 5 avgustdan boshlab Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligining ingliz tilidagi rasmiy akkauntini etti kunga to`sib qo`ydi. 

"Bu “Rossiyaning og`zini yopish”ga urinishdir" –  dedi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova.

“5 avgustga o`tar kechasi "Twitter" platformasi ma`muriyati TIVning ingliz tilidagi rasmiy akkauntini etti kunga to`sib qo`ydi. Bunga RF Qurolli Kuchlari  qo`shinlari boshlig`i general-leytenant Igor Kirillovning Qo`shma Shtatlarning harbiy biologik faoliyati to`g`risidagi brifingidan parchalar e`lon qilingani sabab bo`ldi”, - dedi Zaxarova o`zining Telegram-kanalida.

 

Tashqi ishlar vazirligi vakilining ta`kidlashicha, bunday keskin reaksiyaga AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining yangi koronavirusning paydo bo`lishida ishtirok etishi ehtimoli haqidagi Mudofaa vazirligining iqtibosli posti sabab bo`lgan. 

Zaxarovaning ta`kidlashicha, Rossiya Federasiyasiga nisbatan bunday sanksiyalar birinchi marta qo`llanilmoqda.

TIV vakili ta`kidlashicha, bularning barchasi g`arb siyosatchilari, ekspertlari va Ukraina trollari va botlarining misli ko`rilmagan faolligi fonida sodir bo`lmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1