AsosiySport

Toshkentda “Paxtakor-79” xotirasiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkaziladi

Shu yilning 11 avgust kuni “Paxtakor-79” jamoasi a`zolarining vafotiga sabab bo`lgan aviafalokat sodir bo`lganiga 37 yil bo`ladi. Mana shu munosabat bilan 11 avgust kuni Toshkentda bir nechta tadbirlar bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati. 

Avvaliga, 09:00 da futbol jamoatchiligi “Paxtakor” stadioni hududida joylashgan “Paxtakor-79” yodgorligi oldida jamlanadi. Bu erdagi xotirlash marosimi yakunlangach, yig`ilganlar aviafalokat oqibatida dunyodan ko`z yumgan “Paxtakor” futbolchilari dafn qilingan Botkin qabristoniga tashrif buyurishadi.

Tadbirlarda OAV vakillari ham ishtirok etishlari mumkin. Shuni ham qayd etish lozimki, 5-10 avgust kunlari davomida bolalar o`rtasida Toshkentda “Paxtakor-79” xotira turniri bo`lib o`tadi.

1979 yil aviahalokatda hayotdan ko`z yumgan jamoa a`zolari xotirasini yod etish maqsadida o`tkaziladigan turnirda mamlakatimizning 12 jamoasi 2001 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar bilan ishtirok etadi. Buxoro, Urganch, Samarqand, Jizzax, Chust, Termiz, Qo`qon, Olmaliq jamoalari bilan birga "Paxtakor", "Paxtakor-2" (2002 yil) va BO`SM-16 jamoalari turnirda qatnashadi.

Boshqa yangiliklar