Evropa Chempionlar ligasi va Evro–2016 turniri finallarini boshqargan Mark Klattenburg antiqa ishga qo`l urdi. Voqea haqida 101GreatGoals portali xabar berdi.
Angliyalik 41 yoshli referi Evropaning eng nufuzli turnirlari finallarini boshqarganini tarixga muhrlash uchun qo`liga har ikki turnir logotipi tushirilgan tatuirovka chizdirdi.

Mark Klattenburgga bo`lgan talab uning Angliya chempionati o`yinlarini boshqarganidan so`ng oshdi. Ushbu referi o`yinlarda deyarli xatolarga yo`l qo`ymaydi.





