1

Unni birja savdolariga chiqarmagan 5 ta xususiy korxona bug`doy xarid qilish bo`yicha birja savdolaridan chetlashtirildi

Iqtisodiyot 12.08.2022, 12:45
Unni birja savdolariga chiqarmagan 5 ta xususiy korxona bug`doy xarid qilish bo`yicha birja savdolaridan chetlashtirildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan "Tovar-xom ashyo birjasi” AJga ko`rsatma bergan holda joriy yil iyul oyida un mahsulotini birja savdolariga chiqarmagan 5 ta xususiy korxona bug`doy xarid qilish bo`yicha birja savdolaridan chetlashtirildi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 maydagi 120-son yig`ilish bayoniga asosan joriy yil 1 iyundan boshlab, un mahsuloti realizasiya qilinishining bozor tamoyillariga asoslangan mexanizmi joriy qilinib, bu jarayonda shaffof tizim yaratish maqsadida un mahsulotini birja savdolari orqali sotilishi belgilangan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 maydagi PQ-262-son qaroriga muvofiq birja savdolarida bug`doy xarid qilgan xo`jalik yurituvchi subektlar tomonidan ishlab chiqarilgan un mahsulotini grafik asosida birja savdolariga chiqarilishini ta`minlashi, o`z vaqtida grafiklarni taqdim etmagan va un mahsulotini belgilangan muddatda birja savdolariga qo`ymagan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar bug`doy xaridi bo`yicha birja savdolarida ishtirok etishni cheklash haqida ogohlantirilishi, ogohlantirishdan keyin ham mazkur kamchiliklarni bir ish kuni davomida bartaraf etmagan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni keyingi kun birja savdolaridan chetlatish belgilangan.

Shu bilan birga, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasiga birjadan xarid qilingan 3 va undan yuqori sinflardagi bug`doydan chiqqan unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini bajarmagan xo`jalik yurituvchi subektlarni bug`doy bo`yicha birja savdolarida ishtirok etishini cheklash bo`yicha “O`zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJga ko`rsatma berish vakolati berilgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan olib borilgan o`rganishlar davomida 6 ta korxona tomonidan un mahsulotini birja savdolariga qo`yish bo`yicha grafiklar taqdim etilmaganligi, 16 ta korxona tomonidan normaga nisbatan kam hajmda grafik tasdiqlanganligi va 2 ta korxona tomonidan grafik umuman bajarilmaganligi aniqlandi. Unni birja savdolariga chiqarmagan 5 ta xususiy korxona bug`doy xarid qilish bo`yicha birja savdolaridan chetlashtirildi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1