Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining futbol musobaqasiga start berildi. Dastlabki turda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi.
Jumladan, Braziliya olimpiya terma jamoasi dastlabki turda JAR bilan to`qnash kelib, 0:0 hisobida durang o`ynadi. Olimpiada mezboni uchun bu anchagina salbiy natija hisoblanadi.
Yana bir o`yinda Porgugaliya olimpiyachilari Argentinani 2:0 hisobida mag`lub qildi va musobaqani ishonchli g`alaba bilan boshladi.
Qit`adoshlarimiz sanalgan Janubiy Koreya Fijini 8:0 hisobida “yanchib” tashlagan bo`lsa, Yaponiya kutilmaganda 4:5 hisobida Nigeriyaga taslim bo`ldi. Quyida ilk turning barcha natijalari bilan tanishing:
Rio–2016 futbol musobaqasi. 1-tur uchrashuvlari
“A” guruhi
Iroq – Daniya 0:0
Braziliya – JAR 0:0
“B” guruhi
Shvesiya – Kolumbiya 2:2
Nigeriya – Yaponiya 5:4
“S” guruhi
Fiji – Janubiy Koreya 0:8
Meksika – Germaniya 2:2
“D” guruhi
Gonduras – Jazoir 3:2
Portugaliya – Argentina 2:0





