Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid barpo etildi

Dunyo 12.08.2022, 14:39
Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid barpo etildi

Uning ochilishida sobiq prezident Nursulton Nazarboev ham qatnashdi. Bu haqda Zamon.uz sayti xabar bermoqda.

Bugun Qozog`iston poytaxtida o`z eshiklarini ochgan Markaziy Osiyodagi eng katta masjid Nur-Sultonning bosh masjidi deb ataladi. Bu haqda Nursulton Nazarboev Bosh masjidning ochilish marosimida aytib o`tdi.

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

10 gektarga qurilgan majmuaning umumiy maydoni 68 062 kvadrat metrni tashkil qiladi. Katta gumbazining balandligi 83,2 metr, diametri 62 metr. Masjid balandligi 130 metrlik to`rtta minorali.

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Bundan tashqari, masjidning erosti qavatida 440 o`rinli ziyofat zali, 405 o`rinli yopiq avtoturargoh, qabulxona, hojatxona, texnik va marosimlarga xizmat ko`rsatish joyi, qurbonlik qilish joyi va boshqalar mavjud.

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Birinchi va ikkinchi qavatlarda namoz o`qiladigan joydan tashqari darsxonalar, majlislar zali, nikoh zali, Qur`on o`qish zali, telestudiya, idoralar, xizmat xonalari, savdo do`konlari, muzey va texnik xonalar bor.

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Masjid bag`riga 235 ming namozxonni sig`dira oladi: ochiq maydonda 200 000 ga yaqin, masjid ichiga esa 35 ming kishi sig`adi.

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Sig`imi bo`yicha Nur-Sultondagi Respublika bosh masjidi dunyodagi eng yirik 10 ta masjid qatoriga kiradi.

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

Eslatib o`tamiz, mazkur masjidning ochilish marosimida O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov ham qatnashmoqda. Shuningdek, Misr Arab Respublikasi bosh imomi o`rinbosari, Azhari sharif vakili, doktor Muhammad Abdurrahmon ad-Duvayniy, Rossiya Federasiyasi musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy shayx Ravil Gaynutdin, Qirg`iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Zamir hoji Rakiev, Mongoliya musulmonlari idorasi raisi, muftiy Botirbek hoji Hadis hamda bir qator taniqli islom olimlari, imom-xatiblar, davlat va din arboblari ishtirok etmoqda.

Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi
Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid faoliyat boshladi

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1