AsosiyJamiyat

"Davlat kuchli bo`lishingizni xohlayapti"

'"Davlat kuchli bo`lishingizni xohlayapti"'ning rasmi

Abduqodir Toshqulov o`qishni ko`chirish va magistraturaga qabul jarayonlari bo`yicha eksklyuziv intervyuda "san`atkor va sportchiga til nega kerak" qabilidagi savollarga javob berdi.

Ravshan Ermatov ingliz tilini bilmaganida xalqaro toifadagi referi bo`lolmasdi, deydi Oliy ta`lim vaziri.

Uning ma`lum qilishicha, magistraturaga hujjat topshirganlarni til sertifikati bilan qabul qilish orqali korrupsiya butkul yo`qoladi.

"Kelajak olimlari ingliz tilidagi bazadan foydalanishga majbur. Bugun muhokama qilayotgan odamlar avval bilishi kerak. Ertaga farzandiga ustozlik qiladigan odam kuchli bo`lishi istayapti davlat. Magistraturada istagan odam o`qishi kerak, degani emas. O`zi bakalavriyat saralanish degani, uni ichidan ham magistraturaga saralanish kerak. Ilm yo`lidan yurishi kerak magistrant. Chunki u ertaga qaytib keladigan joyi — Oliy ta`lim. Unda sifat bo`lishi uchun ham til bilish zarur."

Abduqodir Toshqulovning ta`kidlashicha, Oliy ta`limning qanday sohasida ishlashdan qat`iy nazar kerak bo`lsa, fransuz tilini ham bilish kerak.

"Kerak bo`lsa, fransuz, ispan, fors tilini bilish kerak. O`rgansin-o`rgatsin. 7 yarim IELTS'ga ega bolaga qanday dars beradi u? Eski ma`lumotlarga ega o`qituvchi talabaga nimani gapiradi ertaga? Bir qadam ortda bo`la turib, mustaqil ta`limdan qanday topshiriq bera oladi?

Vazir magistraturaga qabulda til sertifikati talabi qo`yilishidan norozilarga quyidagicha fikr bildirdi.

"Bu talab ayni vaqtida qo`yildi. Biz buni ixtiyoriy qilganimizda natija bo`lmadi. Biroq endi mana talab shu",-deydi Toshqulov.

Oliy ta`lim vazirining ma`lum qilishicha, magistraturaga til sertifikati bilan qabul qilish orqali korrupsiya butkul yo`qoladi.

Eslatib o`tamiz, ma`lumotlarga ko`ra, bu yil magistraturaga qabul kvotasi 16 000 nafarni tashkil etsa, 11 000 ga yaqin hujjatlar topshirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar