AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz”ga qarashli korxona AYoQShlarida Ai-80 avtobenzini yo`q ekanligi haqida xabarlar tarqaldi

'“O`zbekneftgaz”ga qarashli korxona AYoQShlarida Ai-80 avtobenzini yo`q ekanligi haqida xabarlar tarqaldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “O`zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “UNG Petro” korxonasi AYoQShlarida Ai-80 avtobenzini yo`q ekanligi borasida asossiz xabarlar tarqatildi.

“O`zbekneftgaz” AJning Toshkent shahri va viloyatiga qarashli AYoQShlarda 1 litr Ai-80 rusumli avtobenzin narxi 6 800 so`mdan sotilayotgani va etishmovchilik kuzatilmayotgani ma`lum qilindi.

Misol uchun, “UNG Petro” MChJ tomonidan iyun oyida o`rtacha bir kunda 529 tonna sotilgan bo`lsa, iyul oyiga kelib o`rtacha bir kunda 611 tonna yoki 82 tonnaga talab oshdi. Avgust oyida esa talab yanada oshib borayotgani kuzatilmoqda.

Iste`molchilarning 65 foizini “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlab chiqilgan benzin hisobidan qoplanadi, qolgani boshqa ishlab chiqaruvchi va etkazib beruvchilar tomonidan qoplanadi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodini benzin ishlab chiqarish uskunalari 110 foiz quvvatda ishlamoqda.

    Boshqa yangiliklar