Andijonda texnikum talabasi tanishining farzandini o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib pora oldi

Jinoyat 13.08.2022, 16:49
Andijonda texnikum talabasi tanishining farzandini o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib pora oldi

Bosh prokuratura huzuridagi  Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro Sh.Sh. fuqaro Sh.ga qo`shni Qozog`iston Respublikasidagi universitetning 1-kursini tamomlaganligi haqida hujjat tayyorlab berib, keyinchalik ushbu hujjat asosida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan F.S. fuqaro Z.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida 2 000 AQSh dollari evaziga Jizzax davlat pedagogika universitetiga o`qishga kiritib qo`yishga kelishib, oldindan 5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Paxtaobod tumanidagi Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi talabasi O.D. fuqaro G.ning farzandini tanishlari yordamida ushbu texnikumga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1