1

Olimlar Somon yo`lidagi eng yosh sayyorani aniqlashdi

Dunyo 13.08.2022, 21:10
Olimlar Somon yo`lidagi eng yosh sayyorani aniqlashdi

Astronomlar so`nggi 30 yil ichida besh mingdan ziyod ekzosayyoralarni aniqlashdi. Ulardan eng oxirgisi galaktikamizda aniqlanganlari orasida eng yoshi bo`lib chiqdi.

Ekspertlar taxminiga ko`ra, ushbu AS 209 sayyorasi Erdan 395 yorug`lik yili olisda joylashgan. U shu darajada yoshki uning atrofida hali-hamon protoplanet disk joylashgan. Mazkur disk gaz va chang yig`indisidan tarkib topgan bo`lib, undan sayyoralar hosil bo`ladi.

Qayd etilishicha, ushbu sayyora taxminan Yupiter vazniga yaqin. Lekin o`z yulduzidan juda olisda joylashgan. Mazkur ekzosayyora o`z yulduzidan 30 milliard kilometr olisda joylashgan, deb xabar beradi korrespondent.net.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1