1

Turkiyada ikki yashar qizcha ilonni tishlab oldi

Dunyo 15.08.2022, 22:11
Turkiyada ikki yashar qizcha ilonni tishlab oldi

Ilon bilan xavfli jang ikki yoshli qizning g`alabasi bilan yakunlandi, deya xabar bermoqda REN TV. 

Ma`lumotga ko`ra, hodisa qizchaning uy hovlisida o`ynab yurganida sodir bo`lgan.

Qo`shnilar to`satdan yurakni ezuvchi qichqiriqlarni eshitishadi va yordamga shoshilishganda, hayratlanarli voqeaga guvoh bo`lishadi. Gap shundaki, bolaning tishlari orasida uzunligi taxminan 50 santimetr bo`lgan ilon turgan bo`lgan.

Qayd etilishicha, sudralib yuruvchi qizning labini tishlagan, biroq u o`zini yo`qotmagan va bunga javoban ilonni tishlagan. 

Ular ilonni ushlab, darhol o`ldirishgan. 

"Qiz kasalxonaga yotqizilgan. Shifokorlar uni o`sha erda ko`rikdan o`tkazishgan: uning sog`lig`i qoniqarli deb baholanib, bolaning hayotiga hech qanday xavf yo`qligini qo`shimcha qilishgan", — deyiladi xabarda.

Voyaga etmaganning otasi hujum vaqtida ishda bo`lganini aytadi. U, shuningdek, qo`shnilarga yordam uchun chin dildan minnatdorchilik bildirib, boshqa ota-onalarni ham farzandlariga e`tiborliroq bo`lishga chaqiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1