1

O`zbekistonlik migrant qozoq namozxonlarini tunab ketdi (video)

Dunyo 16.08.2022, 12:15
O`zbekistonlik migrant qozoq namozxonlarini tunab ketdi (video)

Uning jinoiy harakati masjiddagi videokuzatuv kameralariga tushib qolgan. Bu haqda Zamon.uz Polisia.kz tayanib xabar xabar berdi. Unga ko`ra, 22 yoshli muhojir Qozog`iston poytaxtiga iyun oyi oxirida kelgan. Xorijlik 6 ta o`g`rilik holatiga aloqadorligi aniqlandi. O`g`irlangan narsalar orasida pul va mobil telefonlar ham bo`lgan.

Gumonlanuvchi uning jinoiy harakati videokuzatuv kameralariga tushib qolganini bilmagan. Videotasvirlarda uning namozga kelgan odamlar buyumlarini qoldiradigan yacheykalardan sumkalarni o`g`irlagani aks etgan.

Tezkor qidiruv tadbirlari davomida gumonlanuvchi ushlanib, qo`lga olindi. U o`z aybiga iqror bo`ldi, polisiya to`rtta telefonni ashyoviy dalil sifatida musodara qildi.

Mazkur holat yuzasidan Qozog`iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-moddasi (o`g`irlik) bilan tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1