Rossiya Ukrainadagi urushda yadro qurolidan foydalanadimi?

Dunyo 16.08.2022, 16:42
Rossiya Ukrainadagi urushda yadro qurolidan foydalanadimi?

Rossiya Ukrainada yadro yoki kimyoviy quroldan foydalanmaydi. Bu haqda RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma`lum qildi.

“Harbiy nuqtayi nazardan Ukrainada yadro qurolini qo`llash uchun zarurat yo`q. Rossiya yadro qurollarining asosiy vazifasi – shu turdagi qurollar hujumini tiyib turish. Undan faqatgina RF qonunlarida belgilab berilgan favqulodda holatlardagina foydalaniladi”, – degan vazir.

Shu bilan birga Shoygu Rossiyaning Strategik hujumkor qurollarni cheklash bo`yicha shartnomaga amal qilayotganini, ammo uning muddatini uzaytirish bilan bog`liq masalalarda qiyinchilik borligini ta`kidlagan. U AQShning bu bo`yicha pozisiyasini tanqid qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1