AsosiyDunyo

Istanbuldagi Rumeli mayog`i qal`asi: maftunkor tarixiy tuzilishi va ajoyib manzara

'Istanbuldagi Rumeli mayog`i qal`asi: maftunkor tarixiy tuzilishi va ajoyib manzara'ning rasmi

Rumeli mayog`i qal`asi XVIII asrda Istanbulning yunonlar istiqomat qilgan shimoliy qismida yunon me`morlari tomonidan bilan qurilgan bo`lib, Qrimurushi paytida Fransiya va Britaniya kemalarining Bosforga kirishini kuzatish uchun qurilgan dengiz mayog`i hisoblanadi.

Dengiz sathidan 58 metr yuksaklikda 30 metr balandlikda qurilgan Rumeli mayog`i avvallari kerosin bilan yoritilgan.

Rumeli mayog`i qal`asi o`zining maftunkor tarixiy tuzilishi va ajoyib manzarasi bilan sayyohlarni o`ziga maftun qiladi. Qal`a o`zining nihoyatda kattaligi va 4 tomoni o`ziga xos dengizmanzarasini qamrab olganligi bilan ajralib turadi.

Imkoniyatingiz bo`lsa, bu erga shaxsiy avtomobilingiz bilan borishingizni tavsiyaqilamiz. Shunda siz, Rumeli dengiz mayog`ini, Garipche qishlog`ini va Garipche qal`asini yaqindan tomosha qilishingiz mumkin bo`ladi.

Bosforning Qoradengiz tomonining eng chekka nuqtasi bo`lgan Sarierda joylashgan Rumeli mayog`iqal`asi tarixi Genuyalarga borib taqaladi.

Usmoniylar imperiyasida Murat IV davrida qayta tiklangan va shaharni himoya qilishda katta rol o`ynagan qal`ada ikkita qo`riqchi minorasi bo`lgan. Bo`g`ozning kiraverishida chet el kemasi ko`rinsa, qal`a qo`riqchilari boshqa qal`adagi qo`riqchilarga xabar berishgan va mudofaa choralarini ko`rish uchun ishora berishgan.

Qal`a, Usmoniylar imperiyasidan keyin Respublika davrida 1950-1960 yillargacha mudofaa maqsadida foydalanilgan.

Kunimizga kelib, Rumeli qal`asi muzey va ochiqosmon ostidagi teatr sifatida faoliyat olib bormoqda. Qal`ada ochiq havoda turli ko`rgazmalar o`tkaziladi. Qal`a, yoz oylarida konsertlar o`tkaziladigan joy sifatida ham tanilgan.

Ammo, so`nggi yillarda Istanbul ma`muriy sudining qaroriga muvofiq, bu erda o`tkaziladigan konsert va tomoshalar qal`aga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin deb topilgach, bu erda konsertlar tashkil qilish qonun bilan ta`qiqlandi.

    Boshqa yangiliklar