AsosiySport

Lionel Messi Argentina terma jamoasiga qaytadi

“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasiga qaytishga qaror qildi. Bu haqda Argentina prezidenti Maurisio Marki ma`lum qildi, deb xabar bermoqda ESPN FC portali.

“Messi Argentina termasi sharafini JCh–2018 turnirida himoya qiladi. Leo dunyodagi eng yaxshi futbolchi. Uning yordamida mamlakat termasi katta natijalarga erishadi”, – dedi Makri.

Avvalroq 29 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasining yangi bosh murabbiyi – Edgardo Bausa bilan uchrashishi ma`lum bo`lgandi. Messi katta ehtimollik bilan 30 avgust kuni Urugvayga qarshi kechadigan JCh–2018 saralashida maydonga tushadi.

Eslatib o`tamiz, Messi Amerika Kubogi–2016 turniridagi muvaffaqiyatsizlikdan so`ng terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasashi haqida aytib o`tgandi

Boshqa yangiliklar