1

Qashqadaryoda unashtirilgan qizi bilan uchrashishga borgan yigit qizning sinfdoshlari tomonidan vahshiylarcha kaltaklab, o`ldirildi (video)

Jinoyat 17.08.2022, 16:00
Qashqadaryoda unashtirilgan qizi bilan uchrashishga borgan yigit qizning sinfdoshlari tomonidan vahshiylarcha kaltaklab, o`ldirildi (video)

Qashqadaryoda yigitlar o`rtasidagi janjal o`lim bilan yakunlangani haqida xabar bergan edik.

Jurnalistik surishtiruvga ko`ra, ushbu janjalda 22 yoshli yigit unashtirilgan qizi bilan uchrashuvga chiqqanida, qizning sinfdoshlari tomonidan vahshiylarcha kaltaklab, o`ldirilgani ma`lum bo`ldi.

Ma`lum qilinishicha, vahshiy qotillik joriy yilning 12 avgust kuni taxminan soat 1:30 lar atrofida Chiroqchi tumanida sodir bo`lgan. 

“Galabek” MFYda yashovchi H.O. ismli yigit qo`shni qishloqqa unashtirilgan qizi bilash uchrashishga borgan. Uchrashuvdan qaytayotganda shu qishloqlik yigitlar uni urib, jiddiy jarohat etkazishadi. Natijada jabrlanuvchi H.O. Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay olgan tan jarohatlari sababli H.O. vafot etgan.

Viloyati IIB matbuot xizmati holat yuzasidan 2022 yil 12 avgust kuni Chiroqchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, fuqarolar A.M. va Q.M.larga O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayblov e`lon qilinib, O`zbekiston  Respublikasi  Jinoyat prosesual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanganligini ma`lum qilgan.

Ammo guvohlar janjalda ikki kishi emas, 20 ga yaqin yigitlar ishtirok etganligiga qaramay jazodan chetda qolayotganligini ta`kidlashmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1