So`nggi vaqtlarda Rossiya Federasiyasida ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali katta miqdordagi pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga etkazib berish haqidagi e`lonlar bo`yicha muammolar yuzaga kelmoqda, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.
Murojaatlardan ma`lum bo`lishicha, norasmiy kurerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni etkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida polisiya xodimlari tomonidan kurerlar ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga etkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirib ko`rish zarurligi so`ralmoqda.
Ma`lumot uchun, Rossiya Federasiyasi qonunchiligiga ko`ra, narkotik moddalarni sotish yoki etkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.






