Rio–2016 Olimpiada o`yinlari futbol musobaqasining 2-tur uchrashuvlari o`tkazildi. Mazkur turda Braziliya yana durang o`ynab, barchani hayratga soldi.
Musobaqa mezbonlari Iroq olimpiya terma jamoasiga qarshi o`yinda 0:0 hisobida durang o`ynadi. Dastlabki turda Braziliya JAR futbolchilari bilan to`qnash kelib, o`shanda ham 0:0 hisobida durang o`ynagan edi.
Quyida ikkinchi turda qayd etilgan natijalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Rio–2016. Futbol musobaqasi, 2-tur
“A” guruhi
Daniya – JAR 1:0
Braziliya – Iroq 0:0
“B” guruhi
Shvesiya – Nigeriya 0:1
Yaponiya – Kolumbiya 2:2
“S” guruhi
Fiji – Meksika 1:5
Germaniya – Janubiy Koreya 3:3
“D” guruhi
Gonduras – Portugaliya 1:2
Argentina – Jazoir 2:1





