1

Andijonda tadbirkorning 484,1 mln so`mini o`zlashtirish holati aniqlandi

Jinoyat 18.08.2022, 15:33
Andijonda tadbirkorning 484,1 mln so`mini o`zlashtirish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “A.J.” MChJ sobiq bosh hisobchisi X.A. korxonaning hisob raqamidan o`zining va tanishi Z.F.ning nomidagi plastik kartalarga jami 484,1 mln so`mni ish haqi va xizmat safari harajatlari uchun o`tkazib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1