Toshkentda fuqaro psixotrop dorilar va salkam 2 kg giyohvand modda saqlab kelayotgani aniqlandi

Jinoyat 19.08.2022, 15:31
Toshkentda fuqaro psixotrop dorilar va salkam 2 kg giyohvand modda saqlab kelayotgani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan Toshkent shahar IIB bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, “Barkamol” MFY yashovchi fuqaro M.R. o`z xonadonida 198 dona “Regapen” va 6 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari hamda 1,8 kg “Mefedron” nomli kristal-kukunsimon moddasini o`tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1