O`zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi dastlabki uchrashuvi boshlanish vaqti o`zgardi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
1 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadigan ushbu uchrashuv boshlanish vaqti avvalroq 19:00 qilib belgilangan edi. Ammo xavfsizlikni ta`minlash masalalari e`tibori bilan ushbu o`yin sart olish vaqti 20:00 qilib belgilandi.
Eslatib o`tamiz, Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko`rayotgan Samvel Babayan boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi 20 avgustdan rasmiy o`yinlar oldidan so`nggi yig`inini boshlaydi. Ushbu yig`in davomida bir o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazish rejalashtirilgan. Ushbu xalqaro o`rtoqlik uchrashuvida O`zbekiston raqibi Burkina-Faso terma jamoasi bo`ladi. Uchrashuv 24 avgustda, “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi.™





