Mamlakat tadbirkorlari bilan ochiq muloqot davomida Shavkat Mirziyoev barcha hokimlarning e`tiborini ushbu masalaga ham qaratdi.
Ya`ni endilikda mulk huquqiga oid qarorlarni ular tomonidan bekor qilishga yo`l qo`yilmaydi.
"Bo`ldi endi, bir hokim keladi, ikkinchisi uning qarorini bekor qiladi. Prezident hokimni qarorni bekor qilish uchun qo`ymaydi, tadbirkorni qo`llash, xalqni rozi qilish, sharoitni yaxshilash uchun qo`yadi.
Bundan buyon er va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
Ya`ni, huquq beruvchi hujjatni faqat sud haqiqiy emas, deb topishi mumkin bo`ladi", — deydi Prezident.






