AsosiyDunyo
6186

O`smir bola yo`qolgan onasini YouTube orqali topdi

AQShning Florida shtatida yashovchi 10 yoshli Evan Olsen ismli bola yo`qolgan onasini tasodifan YouTube roligida ko`rib qoldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Ayol 2015 yilning oxirlarida yo`qolgan bo`lib, giyohvand modda iste`mol qilgan va ruhiy ahvoli yaxshi bo`lmagan.

Videorolikda avstraliyalik bloger Bruk Robertsning AQSh mustaqilligi sharafiga uy-joysiz odamlarga ovqat ulashayotgani aks etgan. Uning qo`lidan ovqat olayotgan ayollardan biri bolaning onasi Jeymi Garlingxaus bo`lib chiqdi. Yo`qolgan onasini kompyuter ekranida ko`rib qolgan bolaning tili kalimaga kelmay qoldi. Bolaning otasi videorolik muallifi bilan bog`lanib, bu videoni Los-Anjelesning qaysi tumanida suratga olganini aniqladi. 

Evan Olsenning onasi topildi, u yaqin kunlarda oilasi bag`riga qaytadi.

Boshqa yangiliklar