Kanadalik olimlar bemorlarda ana shu qobiliyat tiklanishiga “mas`ul” oltita genni aniqlashga muvaffaq bo`ldi.
Mutaxassislar fikricha, hid bilmaslik Parkinson, Alsgeymer, demans kabi xastaliklar belgisi va miya jarohatlari asorati bo`lishi mumkin. Ammo bu qobiliyatning to`laqonli izga tushishi uchun maxsus mashqlar va vitaminlar muolajasi har doim ham etarli bo`lmaydi.
E`tiborli jihati, yangi topilgan genlarning har biri faoliyatini tiklash uchun allaqachon dori-darmonlar yaratilgan. Buyog`iga ana shu mahsulotlar tarkibi va ta`sir kuchini umumlashtiruvchi universal preparat ishlab chiqarilishi zarur.
Shu ma`noda, olimlarning mazkur tadqiqoti kelgusida anosmiyani tez va samarali davolash borasida zamonaviy tibbiyotga yangi imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin, deyiladi xabarda.
25.08.2022 10:39
Kanadalik olimlar bemorlarda hid bilish qobiliyatini tiklash yo`lini topdi
