1

Ravshan Ermatov Rossiya futbol hakamlari komissiyasi a`zosiga aylandi

Sport 25.08.2022, 12:00
Ravshan Ermatov Rossiya futbol hakamlari komissiyasi a`zosiga aylandi

O`zbekiston futbol assosiasiyasi (O`FA) birinchi vise-prezidenti, sobiq hakam Ravshan Ermatov Rossiya futbol ittifoqi (RFI) qoshidagi hakam va ekspertlar komissiyasi a`zosiga aylandi. Bu haqda RFI matbuot xizmati ma`lum qildi.

Avvalroq RFI mazkur komissiya a`zoligi uchun qator mashhur sobiq hakamlar nomzodlarini ko`rib chiqayotgni xabar qilingandi. Ushbu komissiya Rossiya futbol hakamlari faoliyatini baholab boradi va ularning xato-kamchiliklarini tahlil qiladi.

Ravshan Ermatov 2019 yilda hakamlik faoliyatini yakunlagan va O`FA birinchi vise-prezidenti etib ssaylandi. 2021 yilning sentyabr oyida Ermatov O`FA vise-prezidentligiga qayta saylangandi.

Ermatov Jahon Chempionatlarida 11 ta o`yinda ishtirok etgan va bu borada mutlaq rekordchi hisoblanadi. Uning yaqin ta`qibchisi Nestor Pitana hisobida 9 ta o`yin bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1