Germaniya Ukrainaga Rossiya hududlariga zarba beradigan qurollarni etkazib bermaydi.
Bu haqda Olaf Shols Magdeburgdagi chiqishida ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' sayti.
Ta`kidlanishicha, bundan kansler asosiy maqsad Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini qayta tiklash ekanini aytgan.
“Prezident Bayden aniq reja qo`ygan: u Rossiya hududini o`qqa tutish mumkin bo`lgan qurollarni etkazib bermasligini aytgandi. Men ham bunga qo`shilaman”, – degan Shols.
Shuningdek, kansler RFga zarba beradigan qurollarni taqdim etish eskalasiyani kuchaytirishini ta`kidlagan.






