AsosiyDunyo

AQSh Ukrainaga qurol etkazib berish hajmini oshirmoqda

'AQSh Ukrainaga qurol etkazib berish hajmini oshirmoqda'ning rasmi

O`q-dorilar dengiz orqali yuboriladi.

Pentagon Ukrainaga dengiz orqali harbiy qurol va o`q-dorilar etkazib berish hajmini oshirmoqda. Bu haqda “The Washington Post” nashriga tayanib Zamon.uz' xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Rossiya Ukrainada harbiy operasiya boshlaganida Qo`shma Shtatlar qurollarni havo yo`llari orqali etkazib bergan. Keyinchalik bahorda artilleriya va og`ir qurollarni dengiz yo`lidan jo`natishni boshladi. Chunki bu tarzda o`q-dorilar yuborish osonroq. 

"Rasmiylar qurol etkazib beriluvchi aniq yo`nalishlarni ochiqlamagan. O`q-dorilarning bir qismi Ukrainaga, ikkinchi qismi esa AQShning Evropa mamlakatlaridagi zaxiralarini to`ldirish uchun yuboriladi",-deyiladi xabarda.

Ayni paytgacha Pentagon Ukrainaga 1,4 mingdan Stringer zenit-raketalari, 8,5 mingta Javelin tankka qarshi vositalar va 700 ta Switchblade usuvchisiz apparatlarini etkazib bergan.

    Boshqa yangiliklar