AsosiySiyosat

Mirziyoev Lukashenko bilan gaplashdi

'Mirziyoev Lukashenko bilan gaplashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 30 avgust kuni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Belarus rahbari O`zbekiston etakchisi va ko`p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

Bu haqda O`zbekiston rahbari matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, O`zbekiston Prezidenti, o`z navbatida, Belarus Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog`lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.

"O`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va amaliy sheriklik loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishi tufayli O`zbekiston-Belarus munosabatlarida yuksak darajaga erishilganini ta`kidladilar",-deyiladi xabarda.

Ma`lum qilinishicha, mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan joriy yil sentyabr oyida Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitini o`tkazish yuz ham fikr almashilgan.

    Boshqa yangiliklar