Rio–2016 Olimpiada o`yinlarining futbol turnirining chorak final juftliklarini aniqlash uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.
Qiyinchilik bilan chorak finalga chiqqan Braziliya olimpiya terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi bahs olib borsa, Germaniya Porugaliya bilan kuch sinashadi. Shuningdek, Nigeriya jamoasi Daniya bilan, Janubiy Koreya esa Gonduras bilan o`ynaydi.
Rio–2016. Futbol turnirining 1/4 final juftliklari:
Germaniya – Portugaliya;
Nigeriya – Daniya;
Janubiy Koreya – Gonduras;
Braziliya – Kolumbiya.
Chorak final uchrashuvlari 13 va 14 avgust kunlari bo`lib o`tadi.





