AQShning Texas shtati ma`murlari Qo`shma Shtatlarda maymunchechakdan birinchi odam o`limi haqida xabar berishdi.
Bu haqda mahalliy sog`liqni saqlash boshqarmasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Hodisa o`limda maymunchechak qanday rol o`ynaganini aniqlash maqsadida tergov qilinmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq AQSh Sog`liqni saqlash vazirligi maymunchechak kasalligini favqulodda holat deb e`lon qilgan edi.






