Janubiy afrikalik aktyor va model “G`amginlik uchburchagi” satirik komediyasida rol ijro etgan Charlbi Din Nyu-Yorkdagi kasalxonada 32 yoshida to`satdan vafot etdi.
Aktrisa o`tgan yilning may oyida Kann kinofestivalida “Oltin palma novdasi” bilan taqdirlangan.
Ma`lumot uchun, “G`amginlik uchburchagi” filmiga shvesiyalik Ruben Östlund rejissyorlik qilgan. Satirik komediya janridagi kartina “Fors-major” va “Kvadrat” filmlarini o`z ichiga oladi. Bosh rollarni Vudi Xarrelson va Xarris Dikkinson ijro etgan. Film oktyabr oyida AQSh va Buyuk Britaniya kinoteatrlarida namoyish etiladi.






