EI bosh diplomati Jozep Borrel Rossiya va Evropa xalqlari o`rtasida ajralish bo`lmasligi kerakligini ma`lum qildi.
“Men yakdillikka erishish ustida ishlayman. Biz odamlar o`rtasida, Rossiya jamiyati va Evropa xalqlari o`rtasida ajralish yuz berishiga yo`l qo`ya olmaymiz”, – degan u EI tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi oldidan.
Zamon.uz' saytining qayd etishicha, bugun Evropa TIV rahbarlari Chexiyada yig`iladi. Unda Rossiya fuqarolariga viza cheklovlarini o`rnatish masalasi ko`rib chiqiladi.
"Ammo Evroittifoq davlatlarida bu bo`yicha yakdil pozisiya mavjud emas",-deyiladi sayt xabarida.
Ta`kidlanishicha, Boltiq davlatlari, Polsha, Daniya kabi davlatlar cheklovlar o`rnatilishi tarafdori. Ammo Fransiya, Germaniya, Lyuksemburg va Belgiya qat`iy cheklovlar o`rnatishga qarshiligi ma`lum qilingan.






