1

Ta`lim muassasalarida ichimlik suviga qanday sanitariya talablari qo`yilgan? SSV ma`lumot berdi

Salomatlik 03.09.2022, 12:20
Ta`lim muassasalarida ichimlik suviga qanday sanitariya talablari qo`yilgan? SSV ma`lumot berdi

“Umumiy o`rta, o`rta maxsus, professional ta`lim muassasalarida o`quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari”da ichimlik rejimini ta`minlovchi tashkilotlarga talablar belgilangan.

SSV matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, ta`lim muassasalarida o`quvchilarning maxsus gigienik talablarga mos toza ichimlik suvi bilan ta`minlanishi ko`zda tutilishi kerak.

Ta`lim muassasasidagi ichimlik rejimi quyidagi shakllarda tashkil etilishi kerak: stasionar suv ichish favvorachalari, idishlardagi kaynatilgan suv va qadoqlangan suv holatida.

O`quvchilar ta`lim muassasasida qoladigan vaqt mobaynida suvdan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lishi lozim.

Stansionar ichimlik favvorachalari 10 sm.dan kam bo`lmagan vertikal suv oqimi atrofida chegaralab turuvchi doiraning bo`lishi ham ko`zda tutilishi kerak.

Agar tashkilot idishdagi suv orqali ichimlik rejimini tashkil etsa, u etarli miqdordagi toza idishlar, shuningdek, toza va ishlatilgan chinni yoki fayans idishlar uchun alohida patnislar bilan ta`minlangan bo`lishi shart. Bir martalik idishlarni to`plash uchun maxsus konteynerlar bo`lishi kerak.

Ta`lim muassasasiga keltiriladigan qadoqlangan suvning sifati va xavfsizligini kavolatloqchi hujjati bo`lishi shart.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1