1

Keksalarda suyak jarohatlari nega kech bitishining sababi aniqlandi

Salomatlik 04.09.2022, 12:50
Keksalarda suyak jarohatlari nega kech bitishining sababi aniqlandi

Odatda, keksa yoshli insonlarda suyaklar sinishi, darz ketishi va yorilishi bilan bog`liq jarohatlarning bitishi uzoq vaqt talab etadi. Nemis olimlari buning sababini topdi, deya xabar berdi Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, mazkur holat organizmda leykositlar tomonidan sintezlanadigan va inson immunitet tizimining bir qismi bo`lgan ba`zi molekulalar bilan bog`liq.

Tahlillarga ko`ra, travmatologik muammolar orasida femur bo`yni sinishining tiklanishi eng uzoq davom etadi. Germaniyada 80 yoshdan oshgan erkaklarning faqat 20 foizi va ayollarning esa atigi 40 foizi bunday jarohatdan keyin to`liq sog`lom hayotga qayta oladi.  

Ma`lumki, sitokin molekulalari immunitet reaksiyalarining regulyatorlari hisoblanadi. Hozircha uning yuzdan ortiq turlari fanga ma`lum.  

Sitokinlar hujayra yuzasiga bir qancha signallarni yuboradi. Ularning har biri boshqa bir qator signallarga ijobiy yoki salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin, degan taxmin mavjud.

Berlin olimlari tomonidan jonivorlarda o`tkazilgan tajriba davomida suyak to`qimalarining birlashishiga ana shu molekulalar ta`siri o`rganildi. Ma`lum bo`lishicha, sitokin tana yallig`lanishga qarshi himoya reaksiyasini susaytiradi. Oqibatda reabilitasiya davri uzayadi.

Keksa yoshli insonlarda ana shu turdagi molekulalar darajasi oshishi aniqlandi. Ularga sitokinni zararsizlantiruvchi antitanalar kiritilishi bilan suyak to`qimalarining tiklanish jarayoni yaxshilanishi kuzatildi.  

Olimlar fikricha, bu yangilik insonlarda ham klinik sinovdan muvaffaqiyatli o`tkazilgach, amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.  

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1