AsosiyDunyo

"Biz bu xabarlarni ko`rdik..." Kreml Ramzan Qodirovning iste`foga chiqish haqidagi shamasiga izoh berdi

'"Biz bu xabarlarni ko`rdik..." Kreml Ramzan Qodirovning iste`foga chiqish haqidagi shamasiga izoh berdi'ning rasmi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o`zining Telegramdagi kanalida Checheniston rahbari sifatida “juda uzoq vaqt qolib ketganini” payqaganini va o`zini “cheksiz va uzoq muddatli ta`tilga loyiq” deb hisoblaganini yozdi.  Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Qodirov o`zining iste`foga chiqishiga shu tarzda shama qilayotganidan qo`rqib, izohlarda uni ishontira boshladi. Ulardan biri o`z posti ostiga shunday deb yozdi: “Yo`q, Ramzan! Hozir vaqti emas”.

Kreml Qodirovning iste`fosi haqidagi so`zlariga izoh berdi. 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Chechenistonni boshqarishda davom etmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qildi.

"Biz bu xabarlarni ko`rdik. Aytaylik, agar men to`g`ri tushunsam, bu xabarlar hali amalga oshmagan. Biz hech bo`lmaganda uning Checheniston Respublikasini boshqarishda davom etayotganidan kelib chiqamiz”, — dedi u .

 

Boshqa yangiliklar